Rossiyaning Petropavlovsk-Kamchatskiy shahrida politsiya avtobus qariyb 1,5 km yo‘l bo‘yi sudrab ketgan ayolning o‘limi holati bo‘yicha tekshiruv boshladi, deb yozadi “RBK” IIVning hudud bo‘yicha boshqarmasi saytiga tayanib.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 14-fevral kuni “reys avtobusi haydovchisi yo‘lovchilarni tashish xavfsizligiga ishonch hosil qilmagan va 54 yoshli yo‘lovchi ayolning salondan tushib ketishiga yo‘l qo‘ygan”, — deyiladi xabarda.
Muassasa ma’lumotlariga ko‘ra, eshik ayolning oyog‘ini qisib qolgan, shundan so‘ng avtobus uni yo‘l bo‘yi sudrab ketgan. Jabrlanuvchini kasalxonaga yetkazishgan, ammo uch kundan so‘ng u vafot etgan.
Tekshiruv yakunlanib, sud tibbiy xodimi xulosasi olingach, hujjatlar Kamchatka o‘lkasi bo‘yicha tergov boshqarmasiga topshiriladi.
Izoh (0)