Futzal bo‘yicha O‘zbekiston XXI chempionatining 4-turida qiziqarli voqea kuzatildi. Bu haqda O‘zbekiston futzal assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Samarqand mezbonlik qilayotgan turnirda “Lokomotiv” va “Metallurg” futzalchilari o‘zaro kurash olib borayotgan bo‘lib, unda “Metallurg” 2:0 hisobida oldinda borayotgandi. Biroq to‘qnashuvning ikkinchi bo‘limini davom ettirishning imkoni bo‘lmadi.
Xabar qilinishicha, Samarqanddagi arenada elektr quvvati uzilib qolgan. O‘z-o‘zidan futzalchilar bir-birlarini ham, to‘pni ham ko‘rish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan.
Musobaqa tartib-intizom qo‘mitasi o‘yinni Toshkentda davom ettirish borasida qaror chiqardi. Bunda “Metallurg” va “Lokomotiv” sportchilari svet kelishini qancha kutgani masalasiga aniqlik kiritilmagan.
Izoh (0)