Qatar Yulduzlar ligasida “As-Sayliya” sharafini himoya qilayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar 21-turga kelib jamoasi g‘alabasini ta’minlab berdi.
Uchrashuvni asosiy tarkibda o‘tkazgan Temurxo‘ja Abduxoliqov 45-daqiqaga kelib jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Sanjar Shoahmedov esa 66-daqiqada maydonda ko‘rinish berdi. Eng muhimi, uchrashuvning so‘nggi daqiqasida jamoadoshiga golli uzatma berdi.
Mazkur g‘alaba “As-Sayliya”ni turnir jadvalida 9-o‘ringa olib chiqdi. Shu tariqa klub Sanjar Tursunov harakat qilayotgan “Al-Haraytiyat” klubidan 1 ochkoga o‘zib ketdi.
Qayd etish kerak, Sanjar Tursunov jamoasi bir oy ichida “As-Sayliya”ni ham, Sardor Rashidov to‘p suradigan “Al-Jaish”ni ham mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi.
Qatar Yulduzlar ligasi 21-tur 17-fevral, juma
“Al-Ahli” — “As-Sayliya” 1:2
Gollar: Temurxo‘ja Abduxoliqov, 45 (0:1). Ali Faridun, 82 (1:1). Valentin Marius Lazar, 90 (1:2).Qatar Yulduzlar ligasida mavsum yakuniga 5 ta tur qoldi.
Izoh (0)