Xitoy aprel oyida eng yangi Shijian-13 sun’iy yo‘ldoshini uchirishni rejalashtirmoqda. U mamlakatda modernizatsiya qilingan yuqori tezlikdagi simsiz internet tizimini yaratish imkonini beradi. Bu haqda China Daily gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Kosmik qurilma Xitoy kosmik texnologiyalari akademiyasi tomonidan ishlab chiqilgan. U orbitaga “Chanchjen-3B” tashuvchi raketasi yordamida chiqariladi. Sun’iy yo‘ldoshni Sichan (Sichuan janubi-g‘arbiy provinsiyasi) kosmodromidan uchirish rejalashtirilmoqda.
“Sun’iy yo‘ldoshning og‘irligi 4,6 tonna. U yaqin 15 yil davomida geostatsionar orbitada 36 ming metr balandlikda bo‘ladi”, — deyiladi akademiya bayonotida.
Shijian-13 ma’lumotlarni sekundiga 20 gigabayt tezlikda uzatish imkonini beruvchi Ka-diapazonni ta’minlaydi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)