• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12547.38
    • RUB157.02
    • EUR14665.38
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Texnologiyalar

    Mobil aloqa antennalari inson salomatligi uchun zararlimi?

    Bugungi kunda yer yuzida 1,4 million dona mobil aloqa antennalari mavjud. Ulardan 17721 tasi O‘zbekistonda o‘rnatilgan, deya xabar beradi “Terabayt.uz”.

    Foto: “Terabayt.uz”

    Foto: “Terabayt.uz”

    Mobil aloqa operatorlari muayyan hududda mobil aloqani yaxshilash uchun antenna o‘rnatmoqchi bo‘lsa, shu yerlik aholi tomonidan qattiq qarshilikka duch kelish holatlari ko‘zga tashlanadi. Odamlar o‘zlari istiqomat qilayotgan yoki faoliyat ko‘rsatayotgan bino tomiga o‘rnatilgan mobil aloqa antennasi go‘yoki ularning salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi to‘g‘risida isbotini topmagan dalillar keltiridi.

    Jumladan, bu borada aholi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlarda ishtirokchilarning 40 foizi bu antennalarning yurak-qon tomir, asab va qon bosimi kasalliklarini keltirib chiqarishiga ishonishlarini bildirgan. Sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi o‘tkazgan so‘rovlarda ishtirokchilar mobil antennalarning kasallik tarqatuvchi ekanini internetdan o‘qiganliklarini ma’lum qilgan. Chindan ham, bu antennalar o‘zlaridan zararli to‘lqinlar ajratib chiqaradimi?

    Mazkur masala Toshkent shahrida Uzreport agentligi tomonidan tashkil etilgan “Mobil aloqa: texnologiya, sifat, xavfsizlik” mavzuidagi davra suhbatida ko‘tarildi. Ma’lum bo‘lishicha, 2001-yildan boshlab jahon davlatlarida mobil aloqa to‘lqinlarining inson salomatligi va atrof-muhitga salbiy ta’siri xususida ilmiy-tadqiqot izlanishlari olib boriladi. Toshkent shahar davlat ekologik ekspertiza markazi vakili Tamara Durovaning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytgacha mobil aloqa operatorlari tomonidan o‘rnatilgan aloqa antennalarining inson yoki tabiatga zarari ilmiy jihatdan isbot qilinmagan. 2011-yilda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan e’lon qilingan bayonotda ham elektromagnit maydoni, jumladan, baza stansiyalari va mobil telefonlaridan taralayotgan to‘lqinlarning inson salomatligiga ta’siri o‘z isbotini topmagani qayd etilgan.

    Sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ITI laboratoriya boshlig‘i M. Magayning ma’lum qilishicha, mobil aloqa antennalari faoliyati “Aholi punktlarida radiotexnika obyektlarini o‘rnatish va ulardan foydalanishning sanitariya qoidalari va me’yorlari”, “Radiochastotalarning elektromagnit maydoni manbalari bilan ishlashda sanitariya normalari va qoidalari” kabi me’yoriy hujjatlar asosida nazorat qilinadi. Mutaxassisning fikricha, bugungacha radiotexnika vositalaridan tarqalayotgan nurlarning sanitariya zararlari aniqlanmagan.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Umidjon A’lamovning ma’lum qilishicha, har bir o‘rnatiladigan aloqa stansiyasining o‘rnatish hududi, uning ishlash salohiyati to‘liq nazorat ostiga olinadi. Jumladan, yuqorida qayd etilgan me’yoriy hujjatlar asosida, bu antennalarning ishlash quvvati mamlakatda 2,5 mkVt/sm2 dan oshmaydi. Bu jahondagi eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. Misol uchun, Isroil davlatida bu ko‘rsatkich 400, AQSh, Skandinaviya mamlakatlarida 100, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Belorussiya, Qirg‘izistonda 10 mkVt/sm² gacha belgilangan. Ya’ni, O‘zbekistonda antennalarning zararli to‘lqin tarqatishi haqidagi isbotini topmagan ilmiy qarashlar ham hisobga olinib, har ehtimolga qarshi ulardan eng past quvvatda foydalanish davlat tomonidan belgilab qo‘yilgan.

    Unitel MChJ bosh direktori Dmitriy Shukovning fikricha, odamlar mobil aloqa operatorlarining antennalaridan qo‘rqmasliklari zarur. Aksincha, aholi bu turdagi antennalarning mahalla va binolarda, ularga yaqin hududda joylashtirilishidan xursand bo‘lishlari lozim. Boisi, ularga yaqinroq bo‘lish aloqa sifatini ta’minlaydi va telefondan zararlanish xavfini kamaytiradi. 

    Mobil aloqa vositalari aloqa antennasi bilan aloqa o‘rnatishda zo‘riqadigan, antenna topishga qiynaladigan bo‘lsa, o‘zlaridan zararli nurlar tarqata boshlaydi. Shuningdek, Unitel MChJ tomonidan aholi uy-joylari, binolarda o‘rnatilayotgan mobil stansiyalar shartnoma asosida, mahalla va bino tegishli bo‘lgan muassasa rahbarining roziligi bilan o‘rnatiladi va buning uchun yiliga o‘rtacha 7,6 million so‘m ijara puli to‘lanadi. Undan tashqari, mobil operator tom va binoni ta’mirlash, atrofni obodonlashtirish uchun alohida mablag‘ ajratadi.

    Ekspertlarga ko‘ra, agar qidiriladigan bo‘lsa, atrofimizdan yuzlab zararli vositalar va omillarni topish mumkin. Jumladan, oddiy mikroto‘lqinli pechning inson salomatligi uchun zarari axborot texnologiyalari vositalarinikidan bir necha marotaba yuqori.

    “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

    16.02.2017, 15:02   Izoh (0)   44472
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dubayda yozda uchuvchisiz uchar taksilar ishga tushiriladi

    16.02.2017, 09:58

    Xitoy yilning birinchi yarmida dunyodagi eng yirik suv samolyotining ilk sinov parvozini amalga oshirishi ma’lum qilindi

    15.02.2017, 16:58

    UMS mobil aloqa operatori rahbariyati yangilandi

    14.02.2017, 13:48

    Mark Sukerberg o‘zini O‘rgimchak odam sifatida sinab ko‘rdi

    13.02.2017, 09:53

    Amazon kompaniyasi sanksiyalarni chetlab o‘tib, Eron bilan ish olib borganini bildirdi

    11.02.2017, 23:13

    Pinngle messenjerini yuklab oling va bepul muloqot qiling!

    10.02.2017, 09:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda sun’iy bachadonga ega robot ishlab chiqiladi

    Ilm-fan | 18 avgust, 12:28

    Indoneziyada 6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 18 avgust, 12:13

    Rossiyada qiyin ahvolda qolgan ona va bola O‘zbekistonga qaytarildi

    O‘zbekiston | 18 avgust, 12:05

    O‘zbekistonda yuzdan ortiq tadbirkorlar “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 18 avgust, 11:57

    AQSHda sharshara ortidagi g‘orga tushib ketgan erkak qutqarildi (video)

    Dunyo | 18 avgust, 11:44

    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

    Reklama | 18 avgust, 10:30

    Shavkat Mirziyoyev bir guruh tadbirkorlarni mukofotladi — ro‘yxat

    O‘zbekiston | 18 avgust, 11:18

    Apple ulushi qisqardi: Uorren Baffet yangi kompaniyalarga 1,5 mlrd dollar investitsiya kiritdi

    Dunyo | 18 avgust, 11:15

    “Supermen” va “Yulduzlar jangi” filmlari yulduzi Terens Stemp vafot etdi

    Kino | 18 avgust, 11:00

    FIFA Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati formatini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda

    Sport | 18 avgust, 10:58
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.