Tohir Jalilov “O‘zavtosanoat” boshqaruv kengashi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” AKning axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
OAV ma’lumotiga ko‘ra, Tohir Jalilovni lavozimga qayta tayinlash buyrug‘i O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov tomonidan imzolangan.
Ma’lumot uchun, Tohir Jalilov bungacha GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi direktori lavozimida faoliyat olib borgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)