AQShning Kaliforniya shtatida istiqomat qiluvchi Bob Xoffmann o‘zi bilmagan holda ichida 8 ming dollar yashirilgan ko‘ylagini xayriya qilib yubordi, deb yozadi Mashable.
65 yoshli erkak nafaqaga chiqqach, xotini Linda Xoffmann bilan Italiyaga sayohat qilish uchun 6 yil davomida pul yig‘ib kelayotgan edi. U 10 ming dollar jamg‘arishni rejalashtirgandi, ammo qarindoshlariga moddiy yordam kerak ekanini bildi va bankdagi hisob raqamidan pullarini yechib oldi.
Bob Xoffmann pulni qarindoshlariga berishdan avval eski ko‘ylagiga yashirib qo‘ygandi. 68 yoshli ayol eridan keraksiz narsalarni ajratib berishni so‘radi, Bob esa yashirilgan pul haqida unutdi va eski ko‘ylagini xayriyaga berib yubordi.
Ikki kundan so‘ng Bob ko‘ylak ichiga pul yashirganini esladi va bo‘lib o‘tgan voqea haqida barchasini xotiniga so‘zlab berishga majbur bo‘ldi. Juftlik uysiz va nochor odamlarga yordam beruvchi Goodwill Industries notijorat tashkiloti do‘koniga yo‘l oldi.
Xoffmanning ko‘ylagi omborxonadan, ichida yashirilgan pul bilan topildi. Pul o‘z joyida saqlanib qolganidan xursand bo‘lgan juftlik do‘kon xodimlarini pitssa bilan siyladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)