BAAning “Al-Ahli” jamoasida ijara asosida to‘p surayotgan, transfer huquqi Xitoyning “Shanxay SIPG” klubiga tegishli hujumchi Asamoa Gyan va yana 40 futbolchi noodatiy soch turmagi uchun BAA futbol assotsiatsiyasi tomonidan jarimaga tortildi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
Squawka’ning ma’lum qilishicha, Gyan va qolgan 40 futbolchi yanvar oyida bo‘lib o‘tgan Afrika Millatlar Kubogi—2017 turniri oldidan yangi soch turmagiga ega bo‘lgandi. Amirliklarda boshning ma’lum qismi qirib tashlangan va biroz g‘alati bo‘lgan soch turmaklariga taqiq qo‘yilgan. Bunday soch turmaklari Islom diniga xos emas, deb hisoblanadi.
Mavzuga doir: Saudiya Arabistonida “Ash-Shabob” futbol klubi darvozabonining sochi maydonning o‘zida kesib tashlandi (video)
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)