Shifokorlar xalatining an’anaviy oq rangidan farqli ravishda, jarrohlar yashil va ko‘k rangli xalat kiyadi. Bu o‘ziga xos ahamiyatga ega. “AdMe” nashri esa nima sababdan jarrohlar uchun yashil va ko‘k rangli kiyimlar tanlanganiga e’tibor qaratdi.
Gap shundaki, jarroh to‘q qizil rangli qonga qarab, keyin o‘z hamkasbining oq rangli xalatiga qaraganda, bir necha lahza davomida uning ko‘zi xiralashishi mumkin.
Biroq nima uchun aynan yashil va ko‘k ranglar tanlangan? Ranglar spektrida yashil va ko‘k qizilga qarama-qarshi qo‘yilgan ranglar hisoblanadi. Jarroh operatsiya vaqtida doimiy ravishda qizil qonga qaraydi. Yashil va ko‘k rangli xalat nafaqat shifokor ko‘zining tiniqligini oshiradi, balki qizil rang jilosi bilan moslikni hosil qiladi. Natijada operatsiya vaqtida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolar kamayadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)