Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi bosh murabbiyi Sergey Lushchan jurnalistlar bilan muloqot vaqtida Yevropa klublari qiziqish bildirayotgan uch futbolchi haqida fikr bildirdi. Bu haqda “Championat.asia” sayti ma’lumot berdi.
Yoshlar o‘z ustida juda ko‘p ishlashi kerak. Shomurodov, Hamdamov va Shukurov menimcha hali futbolchi emas. Ularni qanday qilib yulduz qilib yuborishdi, hayronman...Ma’lumot uchun, avvalroq jamoa bosh direktori Baxtiyor Boboyev intervyu berib, mana shu uch futbolchi bilan Yevropaning nomdor jamoalari qiziqayotgani haqida aytib o‘tgandi. O‘z navbatida trio Samvel Babayan ustozlik qiladigan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari hisoblanadi.Balki terma jamoa va yetakchi klublarda to‘p surgani uchun shunday bo‘lgandir. Biroq ular hali ko‘p ishlashi kerak.
Sergey Lushchan, “Bunyodkor” bosh murabbiyi
Izoh (0)