Ford sun’iy idrok ustida ishlanmalar olib boruvchi yangi Argo AI kompaniyasiga yaqin 5 yil mobaynida 1 milliard dollar investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Argo AI robototexniklari va muhandislari Ford xodimlari bilan birgalikda 2021-yilda taqdim etilishi mo‘ljallanayotgan to‘liq avtopilotli avtomobil uchun yangi dasturiy platformani ishlab chiqadi.
Ma’lumot uchun, Pitsburgda joylashgan Argo AI kompaniyasiga Brayan Saleski va Piter Render tomonidan asos solingan bo‘lib, ular oldinroq Google va Uber’da avtopilotli avtomobillar masalalari bilan shug‘ullangan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)