Xitoy hukumati aholi orasida elektromobillarni ommalashtirish maqsadida 2018-yil oxirigacha ularni quvvatlantirishga mo‘ljallangan 800 mingta joyni jihozlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
2016-yil yakunlari bo‘yicha Xitoy elektromobillar va gibridlar sotuvi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egalladi.
12 oy mobaynida mamlakatda 507 mingta elektrotransport vositasi sotildi. 2015-yilda bu ko‘rsatkich 370 mingtani tashkil etgan edi.
Mamlakat qatorasiga ikkinchi yil avtotransportning mazkur segmentida yetakchilikni bermay kelmoqda.
Bugungi kungacha jahon bo‘yicha Xitoyda ishlab chiqarilgan 1 milliondan ortiq “yashil” avtomobili sotilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)