Futbol bo‘yicha Qatar Yulduzlar ligasining 20-turida o‘zbekistonlik futbolchilar to‘p surayotgan ikki klub o‘zaro to‘qnash keldi.
Mavsumning ikkinchi davrasi oldidan Sanjar Tursunovni safga qo‘shib olgan “As-Sayliya” klubi o‘z maydonida Sanjar Shoahmedov hamda Temurxo‘ja Abduxoliqov to‘p suradigan “As-Sayliya”ni qabul qildi hamda 2:1 hisobida zafar quchdi. Bellashuvni o‘zbekistonlik futbolchilarning hammasi boshlang‘ich tarkibda o‘tkazdi. Shoahmedov 60-daqiqada o‘z o‘rnini sherigiga bo‘shatib berdi, Tursunov va Abduxoliqov to‘liq harakat qildi.
Mazkur g‘alaba “Al-Haraytiyat”ning turnir jadvalidagi o‘rniga jiddiy ta’sir ko‘rsatmadi. Ayni paytda jamoa 19 ochko bilan 11-o‘rindan joy olgan. Tursunov va jamoadoshlari bunga qadar ketma-ket 4 ta o‘yinda zafar quchishning uddasidan chiqa olmagandi.
Mazkur jamoadan 1 ochko ko‘proq to‘plagan “As-Sayliya” 9-o‘rinni egallab turibdi. O‘zbekistonlik futbolchilar tashrifidan keyin klub 4 ta uchrashuvda ishtirok etib, shularning 1 tasida Abduxoliqovning goli sabab zafar quchdi va 2 tasida durang o‘ynadi. Duranglarning birida Shoahmedov Sardor Rashidov o‘ynaydigan “Al-Jaish” darvozasiga gol urishga erishdi.
Qatar Yulduzlar ligasi 20-tur 9-fevral, payshanba
“Al-Haraytiyat” — “As-Sayliya” 2:1
Gollar: Dragos Grigore, 17 (0:1). Mahmud Saad, 31 (1:1). Muhammad Abdulloh, 49 (2:1).Ma’lumot uchun, Sardor Rashidovning “Al-Jaish” klubi 20-turni ertaga — 11-fevral kuni “Ash-Shahaniya”ga qarshi safarda o‘tkazadi. Raqib Yulduzlar ligasi turnir jadvalida 12-o‘rinni egallab turibdi.
Osiyo Chempionlar ligasining 2016-yilgi mavsumid yarim finalga qadar yetib borgan “Al-Jaish” 7-fevral kuni “Bunyodkor”dan yengilib, guruh bosqichida ishtirok etish imkoniyatini yo‘qqa chiqargandi.
“Bunyodkor”ni navbatdagi bosqich chiptasi bilan tabriklayman. Hujumlarni gol bilan yakunlay olmaganimiz kasriga mag‘lub bo‘ldik.Hozir “Al-Jaish”da pasayish kuzatilmoqda. O‘tgan yilgi jamoani yo‘qotib qo‘ygandekmiz. Shuning uchun ichki chempionatda ham omadimiz chopmayapti. Fojea yasashdan esa ma’ni yo‘q, hammasi oldinda.
Alam qilgan tomoni biz o‘tgan yil yarim finalga qadar yetib borgandik. Endi esa guruh bosqichiga ham chiqa olmadik. Penaltilar seriyasiga tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lsak-da, omad kelmadi. Afsuski o‘zim ham gol ura olmadim.
Izoh (0)