AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy Xalq Respublikasi yetakchisi Si Szinpinga maktub yuborib, unda hamkorlikka umid bildirdi, deb yozadi “Gazeta.ru” Oq uy matbuot xizmatiga tayanib.
Maktubda u ikkala mamlakat uchun ham manfaatli bo‘ladigan konstruktiv aloqalarni rivojlantirish uchun Xitoy yetakchisi bilan birga ishlashga umid qilishini aytdi.
Shuningdek, Tramp Si Szinpinga uning prezidentlik lavozimiga kirishgani munosabati bilan yo‘llagan tabrigi uchun minnatdorlik bildirdi va Xitoy xalqiga Xo‘roz yilida gullab-yashnashni tilab qoldi.
Izoh (0)