2017-yil mayida Pekinda bo‘lib o‘tadigan Ipak yo‘li sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putin qatnashishi kutilmoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”. Bu haqda Rossiyaning Xitoydagi elchisi Andrey Denisov ma’lum qildi.
“14—15-may kunlari Pekinda ‘Bir mintaqa, bir yo‘l’ shiori ostida xalqaro forum bo‘lib o‘tadi. Biz ushbu forumga prezidentimiz kelishini kutmoqdamiz”, — dedi Denisov matbuot anjumanida.
Izoh (0)