• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar organlari faoliyatini tanqid qildi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 9-fevral kuni ichki ishlar organlari faoliyati, tizimda mavjud muammo va kamchiliklar, istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Unda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimlari ishtirok etdi.

    O‘zbekiston Prezidenti keyingi vaqtlarda huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qilish, jamoatchilik bilan aloqalarni yanada mustahkamlash borasidagi ishlar yangi bosqichga ko‘tarilganini qayd etdi. Ayni vaqtda, ichki ishlar idoralarining faoliyat samaradorligini oshirish, mahalliy hokimliklar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorligini yanada takomillashtirish dolzarb vazifa bo‘lib turibdi.

    Prezident bugun ichki ishlar organlari zamon talablariga nechog‘li javob bera olayotganiga e’tibor qaratdi. Inson manfaatlari bilan bog‘liq masalalarni kechiktirmasdan hal qilish lozim bo‘lgan bugungi kunda eskicha fikrlash, ishni eski “qolip”lar asosida tashkil qilish, o‘z burchini elga xizmat tamoyiliga asoslanib emas, balki shaxsiy manfaatlardan kelib chiqqan holda bajarish kabi amaliyotlar davom etmoqda.

    Ichki ishlar organlari shunday ishlashi kerakki, toki xalq davlatdan rozi bo‘lsin. Lekin ayrim joylarda ularning faoliyati odamlar e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa mol-mulkka jinoiy tajovuz kabi salbiy holatlarga to‘liq chek qo‘yilmagan. Qasddan tan jarohati yetkazish, firibgarlik, yo‘l-transport hodisalari kamaymagan.

    Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarni ochish borasida ham qator kamchiliklar mavjudligini ta’kidladi. Xususan, o‘g‘irlik va firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlarning har beshtadan bittasi fosh etilmagan.

    Jinoyat-qidiruv faoliyatida jiddiy nuqsonlar uchramoqda, ayrim joylarda huquqni muhofaza qilish idoralari o‘rtasidagi hamkorlik talab darajasida emas. Qidiruvda yurgan aksariyat shaxslarning qo‘lga olinmayotgani ularga jinoiy qilmishlarini davom ettirishga imkon beradi va bu g‘oyat tashvishli holdir.

    O‘zbekiston Prezidenti ta’kidlaganidek, ichki ishlar organlari faoliyatiga baho berishda jinoiy ishlarni odilona va sifatli tergov qilish, shaxsning jinoiy qilmishiga munosib, adolatli huquqiy baho berish muhim o‘rin tutadi. Lekin tergov idoralari ixtiyorida qisqa muddatda tezkor qonuniy qarorlar qabul qilish imkoniyati mavjud ekaniga qaramay, qo‘shimcha surishtiruv yoki tergov harakatlari talab etilmaydigan materiallar bo‘yicha asossiz ravishda muddatni uzaytirish, cho‘zish, fuqarolarni sarson qilish kabi salbiy amaliyot hamon uchramoqda.

    Shavkat Mirziyoyev tergov va ayblash bilan cheklanmay, jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, ularning shart-sharoit va omillarni o‘rganish, profilaktika maqsadida har bir jinoyat tafsilotlarini ichki ishlar organlari rahbarlari, profilaktika inspektorlari va mahalla faollari ishtirokida chuqur tahlil qilish zarurligini ta’kidladi.

    Yana bir tashvishli holat: xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarining aksariyati ishlash maqsadida O‘zbekistondan ketgan, lekin ularning ayrimlari turli diniy-ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolmoqda. Chet elga ish qidirib ketgan fuqarolarni aniqlash va qaytarish, mahalla raislari, ma’naviyat-ma’rifat markazlari, imom-xatiblar, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar bilan hamkorlikda aholi orasida diniy ekstremizmning salbiy oqibatlarini targ‘ib qilish borasidagi ishlar zamon talabi darajasida emas.

    O‘zbekiston rahbari haftaning payshanba kunini jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni, deb e’lon qilishni taklif etdi. Shu kuni hududlar prokurorlari va ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari mahalliy telekanallarda chiqishlar qilib, sodir etilgan jinoyatlar, ularning kelib chiqish sabablari, oldini olish bo‘yicha tadbirlar va profilaktikasi haqida axborot beradi.

    Yoshlar va ayollar jinoyatchiligi borasidagi ahvol ham kishini tashvishga solmay qo‘ymaydi. Masalan, 2016 yilda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari mingdan ziyod jinoyatga qo‘l urgani, umumiy jinoyatlarning oltitasidan bittasini xotin-qizlar sodir etgani afsuslanarlidir. Buning asosiy sabablaridan biri o‘rta maxsus bilim yurtlarida o‘quvchilarning davomati tushib ketgani, bu holni o‘rganish va nazorat qilish bo‘yicha mukammal tizim yaratilmaganidir.

    Yig‘ilishda militsiya tayanch punktlari infratuzilmasini takomillashtirish, profilaktika inspektorlarining turmush sharoitini yaxshilash, ichki ishlar organlari tizimini kompleks isloh qilish, uning tarkibiy tuzilmalarini optimallashtirish masalalari ko‘rib chiqildi. Ichki ishlar vazirligining tashkiliy tuzilmalari tanqidiy nuqtai-nazardan tahlil qilindi.

    O‘zbekistonda tadbirkorlar huquqini himoya qilishga alohida e’tibor berilmoqda. Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar organlarining tadbirkorlar faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashishi yoki to‘sqinlik qilishi kabi holatlarga batamom chek qo‘yish zarurligini alohida ta’kidladi.

    Murojaatlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish ichki ishlar idoralarining eng dolzarb vazifalaridan biridir. Shu bois fuqarolar bilan munosabatlarni tubdan qayta ko‘rib chiqish, odamlar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, xalq bilan hamnafas bo‘lib yashash va inson manfaatlaridan kelib chiqib ishlash lozim, dedi O‘zbekiston Prezidenti.

    Yig‘ilishda ichki ishlar vaziri A.Azizov, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari, ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining axborotlari eshitildi.

    Shavkat Mirziyoyev tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lib qolishi, muammolarni kabinetda o‘tirib emas, balki xalq orasida yurib aniqlashga va ularning yechimini topishga qaratish, yakuniy natija uchun rahbarlarning shaxsiy javobgarligini oshirish, fuqarolar murojaatlarini qisqa muddatlarda hal qilish, ishda aniq tartib va qat’iy intizom o‘rnatish, sohani malakali kadrlar bilan ta’minlash, ishdagi har qanday salbiy holatlarning oldini olish va bunday illatlar ildizini quritish – ichki ishlar organlarining ustuvor vazifasi ekanini alohida ta’kidladi.

    Mutasaddi rahbarlarga fuqarolarning har bir murojaati e’tiborsiz qolmaydigan tizim yaratish, xizmatga munosabatni tubdan o‘zgartirish, jinoyat tafsilotlarini muhokama qilish mexanizmini shakllantirish, ichki ishlar organlarining xalq vakillari oldida hisobot berish tizimini yo‘lga qo‘yish orqali ularning faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

    Prezident ichki ishlar organlari quyi bo‘g‘in bo‘linmalari, militsiya tayanch punktlari va profilaktika inspektorlari faoliyati samaradorligini oshirish, ichki ishlar bo‘limlari faoliyatini reyting orqali baholash tizimini joriy etish, yoshlar sodir etayotgan jinoyatlarni chuqur tahlil qilib, ularning sababi va kelib chiqishiga zamin yaratuvchi shart-sharoitlarni aniqlash, barcha ta’lim muassasalariga profilaktika inspektorlarini biriktirib, ular kundalik ish faoliyatini ta’lim muassasalaridan boshlashni amaliyotga tatbiq etish masalalari bo‘yicha tavsiyalar berdi.

    Shavkat Mirziyoyev profilaktika inspektorlari malakasini oshirish bo‘yicha tizim yaratish kerakligiga alohida e’tibor qaratdi. Shu maqsadda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi va viloyatlardagi oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda maxsus kurslar tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.

    O‘zbekiston Prezidenti ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi.

    Majlisda ichki ishlar organlarining har bir xodimi bildirilgan fikrlardan tegishli xulosa chiqarib, O‘zbekistonda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalikni yanada mustahkamlash, jamoat tartibini saqlash, har bir oila, har bir inson, mahalla xavfsizligini ta’minlashdek murakkab, ayni vaqtda sharafli vazifani bajarish uchun bor bilim va salohiyati, kuch-g‘ayratini safarbar etishi lozimligi ta’kidlandi.

    Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

    09.02.2017, 23:39   Izoh (0)   70428
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Uchko‘prikda mast erkak janjal vaqti hamqishlog‘ini pichoqlab qo‘ydi

    09.02.2017, 20:47

    “Yong‘inlar sababi aniqlanmoqda”: O‘zbekiston IIV Toshkentda yuz bergan ikki yong‘in yuzasidan axborot berdi

    09.02.2017, 20:35

    Qo‘shko‘pir va Chimboydagi gaz va elektr muammolari, shifokorlarning maoshini oshirish kerakligini aytgan vazir, yo‘qotishlar va kunning boshqa muhim xabarlari

    09.02.2017, 20:20

    “Har bir shahardagi ko‘chalardan biriga Islom Karimov nomi berilishi lozim!”. “Ijtimoiy fikr” Birinchi Prezident xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha aholi fikrini...

    09.02.2017, 20:05

    Sharof Rashidov tumanidagi qishloqda yangilangan loyiha asosida qurilgan arzon uylar foydalanishga topshirildi

    09.02.2017, 19:45

    Buxoroda Islom Karimov nomini olishi mumkin bo‘lgan ko‘chalar belgilandi

    09.02.2017, 18:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Chaqmoq Makvin” qaytmoqda: Disney mashhur multfilm asosida yangi serial suratga oladi

    Kino | 9 avgust, 16:55

    Surxondaryoda tanishining behayo videolarini tarqatish bilan shantaj qilgan erkak qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 16:40

    “Hushimdan ketdim, hatto tez yordam chaqirmagan” — Qarshida IIB xodimi homilador ayolni kaltaklagan bo‘lishi mumkin (video)

    O‘zbekiston | 9 avgust, 16:20

    “Barselona” 2026-yilda Harri Keynni sotib oladi

    Sport | 9 avgust, 16:04

    “Ukraina o‘z hududlaridan voz kechishni xohlamayapti” — Zelenskiy

    Dunyo | 9 avgust, 16:00

    “Garri Potter” filmlari qanday suratga olingan: franshiza haqida qiziqarli faktlar (foto)

    Kino | 9 avgust, 15:35

    Xitoyda realistik robotlar sotiladigan yangi do‘kon ochildi (foto)

    Dunyo | 9 avgust, 15:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.