Misr Tashqi ishlar vazirligi 2015-yil oktabrida sodir bo‘lgan Rossiya laynerining Sinaydagi halokatini terroristik akt deb baholadi. Bu borada tegishli bayonot Misr TIV rasmiy vakili Ahmed Abu Zayd tomonidan e’lon qilindi, deb xabar beradi “TASS”.
Ahmed Abu Zayd o‘z bayonotini Oq uy tomonidan e’lon qilingan “matbuotda yetarlicha yoritilmagan” 78 terakt ro‘yxatiga javob tarzida yo‘lladi.
Abu Zayd Donald Trampning ko‘p hollarda terrorchilarning Yevropadagi va butun dunyodagi harakatlari haqida xabar bermaydigan Amerika OAVlariga nisbatan bergan tanqidini izohlab, qayd etilgan 78 hujumdan to‘qqiztasi Misrda sodir bo‘lganini ta’kidladi.
Terrorchilik operatsiyalari, shu jumladan, Rossiya laynerining Sinayga qulashi hamda Al-Butrusiya cherkovidagi portlash natijasida o‘nlab, ba’zan yuzlab aholi qurbon bo‘ldi. Tramp tanqid qilayotgan tanlash va oldindan mavjud fikrlargagina asoslanish qator g‘arb OAVlarining teraktlarni yoritish borasidagi yondashuvlariga ham ta’sir qilmoqda.Misr avval ham 2015-yil 31-oktabr kuni sodir bo‘lgan A321 samolyotining halokatini terakt ekanligi haqidagi versiyani rad etmagan edi. Biroq Qohira doim hamon e’lon qilinmagan tekshiruv ishlarining rasmiy xulosasini kutishga chaqirar edi.Ahmed Abu Zayd, Misr TIV rasmiy vakili
Misr TIVda bir necha bor tekshiruvning har bir bosqichi aviahalokat atay sodir etilgan degan taxmin asosida olib borilayotgani qayd etilgan.
Oq uy pozitsiyasi Misrning terrorizmga qarshi strategiya qabul qilish zaruriyati haqida bir necha bor takrorlagan chaqiriqlari bilan mos tushmoqda.TIV rasmiy vakili qayd etganidek, Misr mazkur strategiya har sohani e’tiborga olgan, ma’lum izchillikka asoslangan hamda tanlovga tayanmagan bo‘lishi, shuningdek, siyosiy, madaniy va axborot bilan bog‘liq jihatlarni e’tiborga olgan holda ishlab chiqilishi zarur.Ahmed Abu Zayd, Misr TIV rasmiy vakili
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)