Futbol bo‘yicha Avstraliya chempionatining “Melburn Viktori” va “Melburn Siti” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda “Siti” futbolchisi Tim Keyxill maydonga tushishga ulgurmay, qizil kartochka oldi, deb yozadi Fox Sports.
Uchrashuvning 86-daqiqasida “Melburn Siti” vakillari o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubordi va mana shu gol jamoaning 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchrashini ta’minladi. O‘sha vaqtda Tim Keyxill zaxiradan maydonga tushishga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi.
Keyxill jamoadoshlari va murabbiylari bilan bosh hakam Kris Betga murojaat qilib, gol bo‘yicha qarorini o‘zgartirishga urindi. Biroq hakam o‘z qarorida turdi, bundan g‘azablangan Tim Keyxill hakamga nomaqbul so‘zlar aytdi va buning natijasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi.
SBS nashrining qayd etishicha, Avstraliya terma jamoasi sobiq darvozaboni Mark Bosnich sobiq jamoadoshi bilan gaplashib olganini, Tim Keyxill hakamga “Katta ekranga qara, sen ahmoq” deganini ma’lum qildi.
Tim Keyxill Instagram’dagi sahifasida bo‘lib o‘tgan voqea yuzasidan murojaat yozib qoldirdi.
Melburn derbisida bo‘lib o‘tgan voqeaga izoh bermoqchiman. Kris Betga bildirgan munosabatim uchun uzr so‘rayman. Mening qilmishim “Melburn Siti”ga ta’sir qildi, shuning uchun jamoam, raqib klub va stadionga kelgan muxlislardan uzr so‘rayman. Maydonda bo‘lib o‘tgan voqeaga qaramay, uchrashuv rasmiylarini hurmat qilaman.Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.Tim Keyxill, “Melburn Siti” futbolchisi
Izoh (0)