Ispaniyada Kataloniya muxtor mintaqasi aholisi orasida mustaqillik masalasi bo‘yicha so‘rov o‘tkazishni tashkil etgani uchun hudud ma’muriyatining sobiq rahbari Artur Mas ustidan sud o‘z ishini boshladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Muxtor mintaqaning sobiq rahbari hokimiyatni suiste’mol qilganlik hamda tartibni saqlash organlariga bo‘ysunmaganlikda ayblanmoqda.
Artur Mas bilan birgalikda sudlanuvchi kursisidan bosh vazir sobiq o‘rinbosari Joana Ortega hamda ta’lim bo‘yicha sobiq maslahatchi Iren Rigau ham joy olgan.
Prokuratura Kataloniya sobiq rahbarining davlat mansablariga 10 yil mobaynida tayinlanmasligini talab qilmoqda, biroq qamoq jazosi so‘ramagan.
Uch nafar gumonlanuvchi Kataloniya Oliy sudida ko‘rsatma berishi, sudda mazkur ishning ko‘rilishi 10-fevralga qadar davom etishi kutilmoqda.
Artur Masning fikricha, “odamlarga quloq tutish” jinoyat hisoblanmasligi kerak. U muxtor hudud aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov “demokratiyaning katta bayrami” ekanligini ta’kidladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)