Gondurasda maktab avtobusining yuk mashinasi bilan to‘qnashuvi oqibatida 23 kishi halok bo‘ldi, yana 35 kishi jarohat oldi. Bu haqda La Prensa nashri ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Avariya Gonduras poytaxti Tegusigalpadan o‘n kilometr masofada sodir bo‘ldi.
Politsiya yuk mashinasi haydovchisi nima sababdan boshqaruvni yo‘qotganligini aniqlash uchun surishtiruv olib bormoqda. U voqea joyidan qochib ketganligi ma’lum qilindi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)