Gambiyaning yangi prezidenti Adama Barrou avvalgi davlat rahbari boshqaruvida amal qilgan to‘rt kunlik ish haftasini bekor qildi, deb yozadi “Interfaks”.
Prezident farmoniga ko‘ra, endi davlat xizmatchilari haftasiga 36,5 soat: dushanba—payshanba kunlari 08:00 dan 16:00 gacha, juma kuni esa 08:00 dan 12:30 gacha ishlaydi.
Mamlakatning avvalgi prezidenti Yahyo Jamme to‘rt yil avval juma kunini qo‘shimcha dam olish kuni deb e’lon qilib, to‘rt kunlik ish haftasini joriy qilgan edi. U aksariyat qismi musulmon bo‘lgan aholi juma kunini ibodatga bag‘ishlashi mumkinligini ma’lum qilgan edi.
20 yildan ortiq Gambiya prezidenti bo‘lib kelgan Jamme yanvar oxirida prezidentlik o‘rni uchun kurashishdan bosh tortishi va uni saylovlarda g‘alaba qozongan Barrouga bo‘shatib berishini e’lon qilgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)