5-fevral — yakshanba oqshomida Angliya Premyer-ligasining 24-turi doirasida so‘nggi 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ularning birinchisida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Suonsi”ni qabul qildi.
Birinchi bo‘limning 11-daqiqasida Angliyaga kelganiga hech qancha bo‘lmagan braziliyalik yosh vunderkind Gabriel Jezus o‘zining uchinchi o‘yinida ikkinchi golini urishga erishdi.
81-daqiqada “Suonsi” yetakchisi Gilfi Sigurdsson hisobni tenglashtirgandi. Qo‘shib berilgan daqiqalar tugab borayotgan bir vaqtda esa katta sahnaga yana o‘sha Gabriel Jezus chiqdi va hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirib, jamoasiga muhim 3 ochko taqdim etdi.Turning so‘nggi uchrashuvida “Lester” “Manchester Yunayted”ni qabul qildi. O‘yinning 42-daqiqasida Joze Mourinyo shogirdlari Genrix Mxitariyanning goli evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. Oradan ikki daqiqa o‘tib esa “Yunayted” to‘purari Zlatan Ibrahimovich hisob 2:0 bo‘lishini ta’minladi.
Ikkinchi bo‘limning 49-daqiqasida Xuan Mata tomonidan kiritilgan gol Mourinyo shogirdlariga yirik hisobdagi g‘alabani taqdim etdi — 3:0.
Angliya Premyer-ligasi 24-tur 5-fevral, yakshanba
Izoh (0)