Londonda AQShga yetti mamlakat fuqarolari va qochoqlarning kirishini taqiqlovchi hujjatga qarshi ko‘p ming kishilik norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Meduza. Namoyish qatnashchilari AQSh prezidenti Donald Trampga yo‘llangan Buyuk Britaniyaga davlat tashrifi bilan kelish haqidagi taklifni qaytarib olishni talab qilgan. Namoyishda 10 mingga yaqin odam qatnashgan. Ular AQSh elchixonasi oldidan Britaniya bosh vazirining idorasi joylashgan Dauning-stritdagi 10-uyga marsh bilan yurish qilgan. Trampning farmoni ijrosi 4-fevral kuni federal sudya qaroriga asosan to‘xtatib qo‘yildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)