Fransiyada noma’lum shaxslar “Makdonalds” restoranida tushlik qilish uchun to‘xtagan harbiylarning qurolini o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda 5-fevral, yakshanba kuni LCI telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Hodisa 2-fevral, payshanba kuni Fransiya janubi-sharqidagi Izer departamentidagi La-Verpiyer kommunasida yuz berdi. Parijda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha operatsiyasida ishtirok etib qaytayotgan uch nafar harbiy “Makdonalds”ga kira turib, FAMAS vintovkalarini avtomobilda qoldirgan. Mashinaga qaytgan harbiylar uning yon oynalaridan birining singanligi, undagi ikki vintovka va uning o‘qlari yo‘qolganligini aniqladi.
Harbiy xizmatchilar politsiya chaqirdi. Qidiruv operatsiyalariga o‘nlab politsiyachilar va vertolyot jalb etildi. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, jinoyatchilar ikki kishi bo‘lgan. Politsiyachilar ularni qidirmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)