4-fevral kuni Angliya Premyer-ligasining 24-turi doirasida 8 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Manchester shahri klublari ishtirokidagi ikki o‘yinni inobatga olmasa, qolgan jamoalar maydonda saf tortdi.
Turning markaziy o‘yini “Chelsi” va “Arsenal” o‘rtasida kechib, mezbonlar 3:1 hisobida zafar quchdi. Tomonlarning “Arsenal” maydonidagi o‘yinida “to‘pchilar” 3:0 hisobida ustun kelgandi. Takroriy o‘yinda Antonio Konte jamoasi buning uchun o‘ch olib, raqibi bilan oradagi farqni 12 taga yetkazib oldi.
Chempionlik uchun kurash olib borayotgan “Liverpul” esa so‘nggi o‘rinlardan birini egallab turgan “Xall Siti” maydonida 2 ta gol farqi bilan imkoniyatni boy berdi. Yurgen Klopp jamoasi so‘nggi bor yangi yil yakunida “Manchester Siti”ni taslim qilgandi. Shundan keyin bo‘lib o‘tgan 5 ta bellashuvning 3 tasida durang o‘ynadi va 2 tasida yengildi.
“Xall Siti”ga esa Marku Silvaning tashrifi yoqdi. Klub o‘tgan turda “Manchester Yunayted” bilan golsiz durang o‘ynagandi. Endi “Liverpul”dek klub postiga javobsiz 2 ta gol urdi.
Turning eng sermahsul o‘yini “Everton” ishtirokida o‘tib, belgiyalik hujumchi Romelu Lukaku tomonidan qayd etilgan poker barcha masalani hal qilib berdi — 6:3.
Angliya Premyer-ligasi 24-tur 4-fevral, shanba
Izoh (0)