Tovar va xizmatlarni internet orqali sotuvchi dunyoning eng yirik kompaniyasi — Amazon yil davomida 15 ming robotni ishga oldi. Ayni vaqtda, xodimlari sonini qariyb 50 foizga oshirdi, deb yozadi TJournal.
Amazon kompaniyasida jami 45 mingta robot ishlaydi. Biroq ular odamlarning o‘rnini bosa olmadi.Kompaniya nafaqat xodimlarini ishdan bo‘shatmadi, balki ish o‘rinlari sonini oshirishda davom etmoqda. Hozirda Amazon’da 341 ming mutaxassis ish olib bormoqda.
Amazon 2012-yilda Kiva startapini sotib olgandan so‘ng, robotlardan keng foydalana boshladi. Shundan beri kompaniya xodimlari soni qisqargani yo‘q, aksincha, yiliga 30—50 foizga o‘smoqda.
Kiva robotlaridan kompaniya omborlarida mahsulotlar joylangan shkaflar joyini o‘zgartirish uchun foydalaniladi. Bu esa mahsulotlar yetkazib berish qiymatini ancha kamaytiradi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)