2017-yilgi mavsumni Toshkentning “Lokomotiv” klubida boshlashi aniq bo‘lgan “paxtakorchi” Jaloliddin Masharipov o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi va gol urdi.
“Temiryo‘lchilar” Turkiyada yangi mavsum uchun tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, “Lokomotiv” uning doirasida birinchi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushib, Turkmanistonning “Oltin Asr” klubini 1:0 hisobida mag‘lub etgan. Uchrashuvdagi yagona gol jamoaning yangi a’zosi Jaloliddin Masharipov tomonidan urilgan.
O‘rtoqlik o‘yini Antaliya, Turkiya 3-fevral, juma
“Lokomotiv” — “Oltin asr” (Turkmaniston) 1:0
Gol: Jaloliddin Masharipov.O‘z vaqtida Toshkentning “Paxtakor” va “Bunyodkor” klublari sharafini himoya qilgan turkmanistonlik Gochquli Gochquliyev ayni vaqtda “Oltin asr” klubida katta murabbiy. Uchrashuv davomida u o‘zining sobiq jamoadoshi Timur Kapadze bilan suratga tushdi.
Ma’lumot uchun, Gochquliyev 7 bor O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan va 6 marta mamlakat kubogini boshi uzra baland ko‘targan. U Osiyo Chempionlar ligasi yarim finaliga uch bor yetib borgan.
Izoh (0)