Braziliyaning sobiq birinchi xonimi, sobiq prezident Luis Inasio Lula da Silvaning rafiqasi Mariza Letisiya tiriklikni ta’minlab turuvchi sun’iy apparatlardan uzib qo‘yildi. Avvalroq unda miya o‘limi holati qayd etilgan edi. Bu haqda sobiq davlat rahbari Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Sobiq birinchi xonim Mariza Letisiya Lula da Silva 2017-yilning 3-fevral, juma kuni 18:57 da vafot etdi”, — deb yozdi u.
Sobiq prezidentning rafiqasi 24-yanvar kuni insultni boshdan kechirgan edi. Shundan buyon u shifoxonada sun’iy koma holatida edi. 2-fevral, payshanbaga o‘tar kechasi uning ahvoli keskin og‘irlashib, shifokorlar unda miya o‘limi holatini qayd etdi. Uning oilasi organlar transplantatsiyasi uchun zarur jarayonlarni boshlashga ruxsat berdi.
Braziliya prezidenti Mishel Temer Mariza Letisiyaning o‘limi tufayli uch kunlik umummilliy motam e’lon qildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)