O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQShning mamlakatdagi Favqulodda va muxtor elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi, deb vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat davomida Toshkent shahrida ikki davlat ishbilarmon doiralarining nufuzli delegatsiyalari ishtirokida bo‘lib o‘tgan Amerika—O‘zbekiston savdo palatasining navbatdagi majlisi yakunlari muhokama qilindi.
Uchrashuvda ikki tomon munosabatlarining boshqa dolzarb masalalari, jumladan, turli darajalardagi bo‘lajak uchrashuvlarning jadvali va kun tartibi ko‘rib chiqildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.