1-fevral kuni “Angren” erkin iqtisodiy zonasida “BASF Markaziy Osiyo” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb yozadi UzDaily.
Uchrashuvda “Angren” EIZda investorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar haqida ma’lumot berildi, shuningdek EIZda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari haqida taqdimot o‘tkazildi.
Nashr yozishicha, BASF kimyo sohasidagi dunyoning yetakchi kompaniyasi bo‘lib, u oltita ishlab chiqarish majmualari, 370 dan ortiq sanoat korxonalari va 113 ming nafar xodimlarni o‘z ichiga oladi.