Namanganda rassom, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, “Do‘stlik” ordeni sohibi Erkin Azizovning “Muqaddas yurtim, betakror O‘zbekistonim!” nomli ijodiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zA.
“Asakabank”ning viloyat filialida tashkil etilgan ko‘rgazmaning ochilishida rassomlar, bank xodimlari, keng jamoatchilik vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Bankda tashkil etilgan ko‘rgazma noan’anaviyligi bilan barchaning e’tiborini tortdi. Shu kuni kundalik moliyaviy ishlari bilan bankka kelgan mijozlar o‘zlarini jozibador olamga tushib qolganday his qildi.Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.Bankning muhtasham foyesi, yo‘laklar devori, zina va ustunlarga osilgan san’at asarlari mo‘jazgina galereya ko‘rinishini oldi.
— O‘zA