AQShning Virjiniya shtatida joylashgan Car Collision Center avtoservisi menejeri 67 yoshli Jeyms Retkliff 2011-yilda jinoiy sxemalardan foydalanib, AQSh hukumatiga, jumladan, davlat departamentiga qarashli avtomobil va boshqa mulklarni o‘zlashtirib, sotganligini tan oldi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar Adliya vazirligi saytiga joylashtirilgan xabarda ma’lum qilindi, deb yozadi “Motor”.
Sud hujjatlarida ta’kidlanishicha, Retkliffning ikkita sherigi bo‘lgan. Ulardan biri u ishlagan kompaniya egasi, ikkinchisi hukumat vakili ekanligi ma’lum qilinmoqda. Retkliff va uning sheriklari bitta Hummer va 12 ta Chevrolet Suburban yo‘ltanlamasini o‘zlashtirib, sotib yuborgan.
Bundan tashqari, Retkliff davlatga tegishli avtomobil ehtiyot qismlari, jumladan shina va g‘ildirak disklarini ham sotgan.
Retkliff va uning sheriklarining jinoiy harakatlari oqibatida yetkazilgan zarar 512 420 dollarni tashkil qildi. Jinoyatchiga 18 dan 24 oygacha ozodlikdan mahrum qilish va 4 mingdan 40 ming dollargacha jarima xavf solmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)