2016-yilgi mavsumni “Buxoro” futbol klubida o‘tkazgan va 9 ta gol bilan jamoasining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan Aziz Ibragimov faoliyatini Eronda davom ettirishi mumkin. “Championat.asia” saytining ma’lumot berishicha, uning xizmati bilan “Mashinasozi” futbol klubi qiziqmoqda.
Aziz Ibragimov “Mashinasozi”da tibbiy ko‘rikdan o‘tib ulgurgan. Parsfootball.com yaqin soatlar ichida shartnoma tuzilishi haqida aytib o‘tgan.Ma’lumot uchun, “Mashinasozi” 16 ta jamoa ishtirok etadigan fors chempionatining 19-turidan keyin so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. Aziz Ibragimov jamoani mana shu o‘rindan yuqoriga ko‘tarish uchun harakat qiladi.
30 yoshli Aziz Ibragimov Chexiyaning “Bogemians” klubi sharafini 3 yil himoya qilgan. 2011—2012-yilgi mavsumlarni esa Xitoyning “Sindao Jonon” klubida o‘tkazgan. Keyinroq yana Chexiyaga qaytib, “Banik Most”, “Chexske”, “Bogemians” klublarida o‘ynagan. 2014-yil O‘zbekistonga qaytgan futbolchi “Andijon”, “Dinamo Samarqand” klublarida to‘p surdi. 2015-yilda esa “Buxoro” bilan shartnoma imzolagandi.
Izoh (0)