Rossiya Germaniyaga qahva yetkazib beruvchi davlatlar o‘nligiga kirdi va Braziliya, Shveysariya hamda Hindistonni ortda qoldirdi. Bu haqda 30-yanvar, dushanba kuni Rossiya eksport markazi ma’lum qildi.
2016-yilning kuzida Rossiya yetkazib beruvchilarining ulushi Germaniya qahva importi umumiy hajmining besh foizini tashkil qildi. Markazning ta’kidlashicha, Rossiya GFRga mahsulot eksportini 2016-yilning avgustida boshlagan. Hozirgi paytda GFRga oyiga 100—150 tonna qahva yetkazib berayotganligi ma’lum qilinmoqda.
Germaniya dunyoning eng yirik qahva importyorlaridan biri hisoblanadi va chet el ishlab chiqaruvchilaridan yiliga 40 ming tonnaga yaqin mahsulot xarid qiladi. Germaniyaga qahvani 15 ga yaqin mamlakat eksport qiladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)