AQSh prezidenti Donald Tramp Twitter’dagi sahifasida AQSh mustahkam chegaralarga muhtoj ekanligini qayd etdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Mamlakatimiz mustahkam chegaralar va qat’iy chegara nazoratiga muhtoj, aynan hozir. Yevropa va butun dunyoda nimalar sodir bo‘layotganini qarang — dahshatli tartibsizlik”, — deb yozadi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, Tramp Suriya qochoqlarining AQShga kirishini taqiqlovchi farmonni imzolagan, qochoqlarni qabul qilish dasturini 120 kunga to‘xtatib qo‘ygan edi.
Shuningdek, aholisining ko‘pchiligi islom diniga e’tiqod qiluvchi yetti mamlakat — Eron, Iroq, Suriya, Yaman, Somali, Sudan va Liviya fuqarolarining AQShga kirishiga nisbatan ham 90 kunlik taqiq kuchga kirgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)