O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev 25—26-yanvar kunlari Rossiya, Xitoy va Germaniyaning O‘zbekistondagi elchilari bilan uchrashdi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar bermoqda.
Sodiq Safoyev 25-yanvar kuni Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev bilan uchrashib, O‘zbekiston—Rossiya o‘rtasidagi ikkitomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilgan.
Senat raisining birinchi o‘rinbosari 26-yanvar kuni Xitoy elchisi Sun Litsze va Germaniya elchisi Naytxart Xyofer-Vissing bilan uchrashgan.
Ushbu uchrashuvlar chog‘ida O‘zbekiston va nomlari keltirilgan mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali ikki tomonlama munosabatlar, jumladan, parlamentlararo hamkorlik rolini oshirish masalalari muhokama qilingan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)