IDEC Sport yelkanli trimaranida 40 kun ichida butun dunyoni aylanib chiqqan fransiyalik dengizchilar guruhi jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ushbu muvaffaqiyatga erishgan va yakunda “Jyul Vern mukofoti”ni qo‘lga kiritgan ekipaj olti kishidan iborat bo‘lib, unga 60 yoshli yaxtsmen Fransis Joyon rahbarlik qildi.
Sayohatni 16-dekabr kuni Fransiyaga qarashli Uessan oroli va Britaniyaning Lizard burni orasidagi shartli nuqtadan boshlagan sportchilar butun dunyoni aylanib, start nuqtasiga 40 kun 23 soat 30 daqiqa va 30 soniyada qaytib keldi.
Shu tariqa, ular boshqa bir dengizchi — Loyk Peyronning 2012-yil o‘rnatgan rekordini ortda qoldirdi. Peyron butun dunyoni 45 kun 13 soat 42 daqiqa va 53 soniyada aylanib chiqqan edi.
Ma’lumot o‘rnida, “Jyul Vern mukofoti”ga 1992-yil “Dunyo bo‘ylab 80 kun” assotsiatsiyasi tomonidan asos solingan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)