Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Malayziyalik 20 yoshli Muhammad Ramazon Aliasning umra ziyoratini amalga oshirish uchun qilgan safari uning umridagi so‘nggi safari bo‘ldi, deb xabar beradi Islam Today.

Foto: Islam Today

Foto: Islam Today

O‘zida oqqon (leykemiya) kasalligining oxirgi bosqichi boshlanganini va bu kasallik bilan bir oydan ortiq yashay olmasligini bilgan Muhammad ko‘p yillar orzu qilgan sayohatiga yo‘l olgan.

Ramazon Madina shahrida kasalxonaga yotqizildi va o‘sha yerda olamdan o‘tdi. U payg‘ambar Muhammad (s.a.v)ning qarindoshlari va izdoshlarining qabrlari joylashgan mashhur Al-Boqi qabristoniga dafn etildi.

Opasining so‘zlariga ko‘ra, ukasini yo‘qotgani uchun uning qayg‘usini hech narsa yengillashtira olmaydi.

U hozir muqaddas yerda. Umid qilamanki, uning uchun o‘sha yer yaxshiroq.

Muhammad Ramazon Aliasning opasi

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda haj ziyoratiga borish uchun to‘lov miqdori e’lon qilindi
Mahalliy
O‘zbekiston va Jahon banki sheriklik dasturi 4 mlrd dollarlik loyihalarni o‘z ichiga olishi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Nabirasining jasadi oldida o‘tirgan bobo, o‘qqa tutilayotgan rossiyalik harbiylar, bo‘lajak to‘yini nishonlayotgan shahzoda —1-iyun suratlari