Yevropa futbol ittifoqi chempionlar ligasining so‘nggi 25 yili davomidagi hisobotni taqdim etdi. Tashkilot bunda eng ko‘p ochko jamg‘argan jamoalar reytingini tuzib chiqqan.
UEFA chempionlar ligasida ishtirok etib kelayotgan 135 ta klubga e’tibor qaratib, ularni o‘rinlarga joylashtirdi. Yakunda ma’lum bo‘ldiki, 25 yil ichida Madridning “Real” klubi hammadan ko‘proq ochko jamg‘argan — 319. “Qirollik klubi”ning ashaddiy raqibi “Barselona” bor-yo‘g‘i 5 ochko kamroq to‘plab, ikkinchi pog‘onadan joy olgan. Gap chorak asr haqida ketayotgani inobatga olinsa, farq juda kichik ekani oydinlashadi.
Keyingi o‘rinlar Germaniyaning “Bavariya” va Angliyaning “Manchester Yunayted” klublariga nasib qildi. Quyida o‘ntalikka kira olgan klublar taqdim etilgan.
1. “Real” (Ispaniya) — 319 ochko2. “Barselona” (Ispaniya) — 3143. “Bavariya” (Germaniya) — 2844. “Manchester Yunayted” (Angliya) — 2725. “Arsenal” (Angliya) — 2076. “Yuventus” (Italiya) — 2007. “Milan” (Italiya) — 1978. “Chelsi” (Angliya) — 1909. “Portu” (Portugaliya) — 18510. “Lion” (Fransiya) — 134
Izoh (0)