Qiziqchi Halima Ibragimovaning mashinasini o‘g‘ri urdi. Bu haqda uning o‘zi Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi.
Voqea 23-yanvarga o‘tar kechasi sodir bo‘lgani aytilgan. Xatolar bilan yozilgan qaydnomadan anglashilinishicha, Halimaning avtomashinasi uy ichida turgan bo‘lgan. Jabrlanuvchining taxminiga ko‘ra, o‘g‘rilar kamida ikki kishi bo‘lgan va ular kameraga tushib qolgan.
Halima o‘g‘rilar kim ekanini taxminan bilishi haqida aytgan. Biroq na ularning kim ekaniga va na nimalari o‘g‘irlanganiga oydinlik kiritgan. Mashinasining nimasiga zarar yetganini ham qayd etmagan. Bu ish haqida ma’lumotga ega insonlarga jabrdiyda tomonidan suyunchi sifatida pul mukofoti va’da qilingan.
Oradan 7 soat o‘tib, Halima jangga tayyor ekanini anglatuvchi suratini Instagram sahifasiga joylashtirdi.
Xayrli kun yaxshilar! Tanish, notanish o‘rtoq va tunda hujum qilganlar. Hamma narsani kalta o‘ylab, bilmay menga tekkanlar! Arpangizni hom o‘rdimmi? Men senlarga aytganman, menga tosh otsang, shlakoblok bo‘lib qaytadi, deb. Hali ham kech emas, o‘z oyog‘ing bilan kel erkak bo‘lsang! Hali bu ishning javobi bor.Halima Ibragimova, qiziqchi
Izoh (0)