AQShning 45-prezidenti Donald Trampning inauguratsiyasi bo‘lib o‘tgan kun Netflix “Qartadan yasalgan uy” serialining beshinchi fasli namoyishi boshlanadigan sanani ma’lum qildi, deb yozadi TJournal.
Yangi fasl faqat Netflix’da 2017-yilning 30-mayidan namoyish etiladi.
Netflix onlayn-kinoteatrining mazkur seriali beshinchi fasli uning to‘rtinchi fasli premyerasidan avvalroq e’lon qilingan edi. Bu esa uning muvaffaqiyatidan darak beradi.
Badiiy to‘qima mahsuli hisoblangan “Qartadan yasalgan uy” seriali AQShning 46-prezidenti Frenk Andervud haqida hikoya qiladi. Serialda Frenk Andervud rolini Kevin Speysi ijro etgan. “Qartadan yasalgan uy” 2015-yilda “Oltin globus”da “eng yaxshi dramatik serial” nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)