AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp shakllantiradigan vazirlar mahkamasi tarkibiga 1988-yildan buyon birinchi marta Lotin Amerikasidan kelib chiqqan amaldor kiritilmaydi. Bu haqda, The Dallas News nashriga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Aytilishicha, Tramp mahkamadagi oxirgi bo‘sh o‘ringa nomzod tanlashda Lotin Amerikasi vakillari jamoasi faollarini inobatga olmagan, bu esa mazkur jamoa orasida noroziliklarga sabab bo‘lgan.
Ispan tilli ikki nomzod — respublikachi Genri Bonilya va Texas A&M kompaniyasining sobiq prezidenti Elza Murano qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimi uchun ko‘rsatilgan edi, ammo yangi davlat rahbari ularni tanlamadi.
“Biz xavotirdamiz. Bu demokratiyaga ziddir”, — dedi ispan tilli fuqarolar faoli Gektor Sanches.
Izoh (0)