AQShning Nyu-Jersi shtatida istiqomat qiluvchi 91 yoshli Kichik Garold Smik 18-marta AQSh prezidenti inauguratsiyasiga tashrif buyuradi. Bu haqda NBC xabar bermoqda.
Garold Smik ilk bor bunday marosimga 1941-yil 20-yanvarida taklif etilgan edi. O‘shanda u 15 yoshda edi. Franklin Ruzvelt uchinchi marta davlat rahbari etib saylangan edi.
Aytilishicha, Smik Hillari Klintonga ovoz bergan, shunga qaramay, inauguratsiya marosimida ishtirok etadi.
Izoh (0)