Pokistonda “Lashkari Jangviy” terrorchi guruhi yetakchisi Osif Chotu yo‘q qilindi. Uni yo‘q qilish bo‘yicha maxsus operatsiya mamlakatning Panjob viloyatida amalga oshirildi, deb xabar beradi “Kommersant.ru”.
Chotu va yana uch nafar jangari xavfsizlik xizmatlari xodimlariga qarshilik ko‘rsatish chog‘ida otib tashlandi.
Politsiyachilar viloyat markazi Laxorda terrorchilik aktlari tayyorlanayotgani haqidagi ma’lumotni tekshirayotgan edi.
2015-yilda tashkilotning eski rahbari Malik Ishoq o‘ldirilganidan so‘ng guruh boshiga Osif Chotu kelgan edi.
Izoh (0)