AQSh matbuoti vakillari saylangan prezident Donald Trampga ochiq xat yo‘llab, uning ayrim xatti-harakatlarini tanqid ostiga oldi hamda professional javobgarlikni oshirishlarini bildirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Xat muallifi — Columbia Journalism Review jurnali bosh muharriri Kayl Poup jurnalistlar nomidan Tramp ma’muriyati va matbuot o‘rtasidagi munosabatlarni “chigal” deb atadi. Shuningdek, yangi davlat rahbari Twitter’da jurnalistlarni tanqid ostiga olgani haqida so‘z yuritildi, bundan tashqari, u matbuot vakillaridan qochishi hamda ayrim nashrlarga uning faoliyatini yoritishga ruxsat bermasligi aytib o‘tildi.
OAV vakillari Trampning tanlovini hurmat qilgan holda aynan jurnalistlar jamoatchilikka barcha voqealar tezkor va xolis yetkazib berishga mas’ul ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)