Checheniston rahbari Ramzan Qodirov yaqinda halok bo‘lgan Alixan Muzayev qo‘riqchisi ekani haqidagi xabarlarni inkor qildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Bir muddat ilgari Qodirovning qo‘riqchisi Alixan Muzayev o‘ldirilgani va dafn etilgani bildirilgan edi.
Yozilishicha, u qishloqdoshlari bilan birga hukumatga qarshi isyon tayyorlagan va, huquq-tartibot xodimlari tomonidan qo‘lga olingach, qarshilik ko‘rsatish chog‘ida otib tashlangan.
Ammo Qodirov bu gaplar haqiqatga mos emasligini ta’kidladi.
“Muzayev hech qachon ChR rahbari qo‘riqchilari safiga kirmagan, hukumat hududiga yaqinlashmagan. Unga aholi yashash joylaridan tashqaridagi xo‘jalik binolarini qo‘riqlash topshirilgan edi”, — ta’kidladi Qodirov.
Uning aytishicha, Muzayev 13 yil muqaddam jinoiy to‘dalarga ko‘mak berishda gumonlanib ushlangan. O‘shanda u huquq-tartibot organlariga yordam bergan. Shundan buyon u nazorat ostida edi.
“Bu u bilan aloqaga chiqqan 15 jinoiy guruh a’zosining shaxsini aniqlash imkonini berdi”, — qo‘shimcha qildi Qodirov.
Yaqinda u jangarilar bilan aloqaga chiqqani aniqlanganidan so‘ng qishloqqa kuch tuzilmalari vakillari jo‘natildi, ammo qo‘lga olish chog‘ida gumondor to‘pponcha chiqarib, o‘ziga o‘q uzdi.
Izoh (0)