Kot-d’Ivuarning ma’muriy poytaxti — Yamasukroda harbiylar ishtirokidagi yangi tartibsizliklar boshlandi. Bu haqda, AFP’ga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Mahalliy aholi vakillarining bildirishicha, harbiylar mashinalarida shaharga kirib kelib, havoga otmoqda, shuningdek, begona avtomobillarni olib qochmoqda.
Shu singari voqealar dengiz bo‘yidagi Daloa va Man shaharlarida ham kuzatilmoqda.
Bir muddat ilgari chetlashtirilgan bir guruh harbiylar qurol-yarog‘ omborini qo‘lga olib, Buake shahrini egalladi. Harbiy xizmatchilar isyonlari Daloa va Korxogo shaharlarida ham kuzatildi.
Harbiylar pul to‘lovlari hamda xizmat sharoitlarini yaxshilashni talab qilmoqda.
Izoh (0)