Politsiya Sankt-Peterburg markazida Qorbobo va Qorqizlarning velomarafonini taqiqladi. Politsiya agar kolonna bir paytning o‘zida harakatlansa, to‘planganlarni hibsga olish bilan tahdid qildi, deb yozadi Meduza.
Velomarafonga chiqish uchun yig‘ilganlar vaziyatni muhomaka qilgandan so‘ng shahar ko‘chalari bo‘ylab 10—20 kishidan iborat kichik guruhlar bo‘lib, yo‘l harakati qoidalarini buzmasdan harakatlanishga qaror qildi.
Tadbirda qatnashish uchun 100 nafardan 200 nafargacha kishi to‘planganligi xabar qilinmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)