Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Seulda Janubiy Koreyaning vaqtincha lavozimidan chetlatilgan prezidenti Pak Kin Xening uzil-kesil iste’fosi talab qilingan ommaviy namoyish bo‘lib o‘tdi. Sovuq ob-havoga qaramay, Kvanxvamun markaziy maydoniga bir necha 10 ming kishi chiqdi, deb xabar beradi “TASS”.

Foto: AP

Foto: AP

Bu shunday talab qo‘yilayotgan 12-namoyish, joriy yilda esa ikkinchisi. Mitinglar jamoatchilikka davlat rahbari qurshovidagi huquqbuzarliklar haqida ma’lum bo‘lganidan beri har shanba kuni bo‘lib o‘tmoqda.

Namoyishchilar korrupsiyaviy mojaroga aralashgan yirik korporatsiyalar rahbariyatini ham hibsga olishni talab qilmoqda.

Dekabrda parlament prezident impichmenti uchun ovoz berdi, endi mazkur qarorni Konstitutsiyaviy sud tasdiqlashi lozim.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak