Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Parijda ish boshlagan Isroil-Falastin mojarosini hal etish bo‘yicha xalqaro konferensiyani “befoyda mashg‘ulot” sifatida baholadi. Bu haqda u Isroil hukumatining haftalik yig‘ilishida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”.
“Parij konferensiyasi fransuzlar va falastinliklar Isroilga o‘zlarining milliy manfaatlarimizga mos kelmaydigan shartlarini o‘tkazish uchun o‘ylab topgan befoyda mashg‘ulotdir”, — dedi Netanyaxu.
Uning hukumat yig‘ilishidagi so‘zlari vazirlar mahkamasi devonxonasi tomonidan tarqatildi.
Izoh (0)